MyGov: Davlat xizmatlari

4,7
265 ming ta sharh
Hukumat
1 mln+
Yuklanmalar
Yoshga oid cheklov
Hamma uchun
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot

Bu ilova haqida

Davlat xizmatlarining raqamli formati — tez, qulay va chegirmalar bilan.

MyGov mobil ilovasi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining rasmiy mobil ilovasidan istalgan vaqtda, masofadan turib, navbatlarsiz foydalaning.

Oila, ta’lim, ijtimoiy himoya, sport va transport kabi 20 dan ortiq sohalar, 370 dan ortiq xizmatlar va pullik xizmatlarga 10%lik chegirma.

Ro‘yxatdan o‘tish, FaceID orqali identifikatsiya, davlat xizmatlaridan foydalanish yoki ariza yuborish hamda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari endi bir ilovada. Qulay va tushunarli interfeys va yanada ko‘proq imkoniyatlardan ilova orqali foydalaning. MyScanni sinab ko‘ring, MyScan orqali akkauntingizga login va parolni ishlatmagan holda darhol kirishingiz, xizmatlardan olingan hujjatlarni haqiqiyligini tekshirishingiz hamda yuklab olishingiz hamda xizmatlar uchun tezkor to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun ilovani o‘rnating va o‘rtadagi skanerlash belgisini bosing va tegishli QR-kodni skanerlang.

MyGov ilovasida foydalanuvchilar tomonidan ko‘p beriladigan savollarga javoblarni ko‘rishingiz hamda ma’lum xizmatlardan foydalanishda videoqo‘llanmalar bilan tanishishingiz mumkin. Har bir xizmat pasportida xizmat bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni topasiz. Videoqo‘llanma, xizmat tavsifi, xizmat narxi va muddati kabi ma’lumotlar shular jumlasidan.

Ilova orqali profilingizga kiring, arizalarni boshqaring, xizmatlar uchun sharhlar qoldiring. Sizga tegishli hujjatlar, ko‘chmas mulk va avtotransport ma’lumotlari bilan tanishing, kommunal balanslarni nazorat qiling.

Nikoh holati, kredit tarixi, ta’lim krediti, avtomobil boshqaruvi uchun ishonchnoma, 50 dan ortiq turli xil ma’lumotnomalar uchun ovora bo‘lib yurish shart emas. Davlat xizmatlari uchun tashkilotlarga yozma ariza to‘ldirish o‘rniga uyingizdan turib 5 daqiqa ichida elektron ariza yuboring va belgilangan muddatda natijani oling.

To‘lovlar bo‘limiga o‘ting va 1000 ga yaqin kundalik hayotda kerakli sohalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiring. Davlat xizmatlari uchun ham to‘lovlarni ilovadan chiqmagan holda to‘lash imkoniyatiga egasiz.

MyGov mobil ilovasini o‘rnating raqamli hukumat yangiliklari bilan tanishing, vidjetlarni boshqaring va bildirishnomalar orqali muhim ma’lumotlardan xabardor bo‘ling.

Bizning missiyamiz – raqamlashtirish orqali odamlarning hayotini osonlashtirish va qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlarini taqdim etish.
Oxirgi yangilanish
1-iyl, 2025

Maʼlumotlar xavfsizligi

Xavfsizlik — dastur ishlab chiquvchilar maʼlumotlaringizni qanday jamlashi va ulashishini tushunishdan boshlanadi. Maʼlumotlar maxfiyligi va xavfsizlik amaliyotlari ilovadan foydalanish, hudud va yoshga qarab farq qilishi mumkin. Bu axborot dastur ishlab chiquvchi tomonidan taqdim etilgan va keyinchalik yangilanishi mumkin.
Tashqi hamkorlarga hech qanday axborot ulashilmagan
Dastur ishlab chiquvchilar axborot ulashilishini qanday aytishi haqida batafsil
Hech qanday maʼlumot jamlanmagan
Dastur ishlab chiquvchilar axborot jamlanishini qanday aytishi haqida batafsil

Reytinglar va sharhlar

4,7
264 ming ta sharh
Mahmudbek Saitjonov
23-iyul, 2025
ilova tõliq xolatda emas hujjatlaring tez va oson bitirish uchun ilovadan foydalanasan rad jovobi kelganch na hujjat bor na pul bor hujjat rad etilgach today xam avtomatik qaytarilishi kerak tolagan pulingni ortidan olish uchun davlat xizmatlarida 3 kunlab yuguradigan bolsam xizmat markaziga borib novbat kutgan maqul deb oylayman onlayn ilovani takomilashtirish kerak natijalar nol
4 kishi bu sharhni foydali deb topgan
Buni foydasi tegdimi?
Khasan Kholboev
12-iyul, 2025
Tizim yaratilgan lekin bu fuqarolar ogʻirini yengil qilish maqsadida emas qiyinlashtirish uchun ishlasa kerak 2 holatda majburiy deyilgan lakin tanlov xuquqi yoʻq koʻrsatilmagan
9 kishi bu sharhni foydali deb topgan
Buni foydasi tegdimi?
Go'zal Kadirova
5-avgust, 2025
Maktabga dakument topshiraolmayapmiz Ilovaga kirsam ilovani yangi versiyasini oling deyilyapti.poisk bersak faqat shu ilova chiqayapti nima qilish kerak?
1 kishi bu sharhni foydali deb topgan
Buni foydasi tegdimi?

Nima yangiliklar

Yangi versiyada nimalar yangilandi?

- Ilovaning asosiy sahifasi yangilandi, endi ko‘proq qulay va zamonaviy ko‘rinishda.
- Elektron hujjatlarni bo'lishish yanada takomillashtirildi.
- Bosh sahifaga widget ko‘rinishi qo‘shildi.
- Xizmatlar va sohalar bo‘limining ko‘rinishi yaxshilandi.
- Qidiruvda mashhur xizmatlarni topish yanada osonlashdi.
- “Ko'p so‘raladigan savollar” alohida oynaga joylashtirildi.
- Ilova ishlashida yuzaga kelgan bir nechta texnik nosozliklar bartaraf etildi.